Joriy yil 27–29-oktabr kunlari AQSHning Missuri shtatidagi St. Louis Chess Clubda Champions Showdown 2026 turniri start oladi. Musobaqada Javohir Sindarov, Hikaru Nakamura, Fabiano Caruana va Praggnanandhaa ishtirok etadi.
Turnir 4 nafar shaxmatchi o'rtasida o'tkaziladi. Har bir ishtirokchi qolgan uch raqibiga qarshi oq va qora donalarda ikki martadan bahs olib boradi. Shu tariqa har bir shaxmatchi bir kunda 6 ta, turnir davomida jami 18 ta partiya oʻynaydi. Barcha partiyalar 10 daqiqa + har bir yurishga 5 soniya vaqt nazorati asosida oʻtkaziladi.
Turnirning oʻziga xos jihatlaridan biri — har bir kun uchun gʻalabaga beriladigan ochkolar miqdori turlicha:
27-oktabr: gʻalaba — 1 ball va 1000$, durrang — ½ ball.28-oktabr: gʻalaba — 2 ball va 2000 $, durrang — 1 ball.29-oktabr: gʻalaba — 3 ball va 3000$, durrang — 1 ball.
Turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 425 000 AQSH dollarini tashkil etadi. 1-oʻrin sohibi 125 000 AQSH dollari, 2-oʻrin — 94 000, 3-oʻrin — 72 000, 4-oʻrin — 62 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi. 27-oktabr kuni soat 22:00 da turnirning ilk bahslari boshlanadi.
Mazkur musobaqa Javohir Sindarov uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki bu uning Gukesh D bilan bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionligi uchrashuvidan oldingi so‘nggi turniri hisoblanadi.










