• 22 октября 2024 в 17:50
  • 16
  • 0

Yosh kurashchimiz jahon chempionati finalida

Albaniyaning Tirana shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-23 toifasida navbatdagi jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha chempionatning ilk kunida yunon-rum kurashi ustalari -60, -67, -72, -82 va -97 kilogramm vazndagi saralash bellashuvlarida gilamga chiqdi.  

Shiddatli bahslarda o‘zbekistonlik yunon-rum kurashi ustalaridan -60 kilogrammda Alisher G‘aniyev, -72 kiloda Abror Atabayev va -82 kilogramm og‘irlikda Samandar Bobonazarov vatanimiz sharafini himoya qildi. 

Abror Atabayev dastlab Puerto-Riko vakili Brendon Navarroni 8:0, keyin ozarbayjonlik Ruslan Nurullayevni 3:2 hisobida taslim etdi. Chorak final bosqichida hamyurtimiz teng kurashlar ostidagi bahsda shvetsiyalik Georgis Barbanosga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.  

Samandar Bobonazarov saralash bosqichida vengriyalik Miklos Kiralxazini 8:0 ko‘rinishida yenggan bo‘lsa, nimchorak finalda Germaniya terma jamoasi aʼzosi Deni Nakayevga yo‘l berdi. Hisob hakamlar qaroriga binoan 4:1 ko‘rinishini oldi. 

60 kilogrammda hamyurtimiz Alisher G‘aniyev ilk kurashda germaniyalik Georgios Skarpelloni (9:0) yengdi. Keyinroq ruminiyalik Denis Mixaini 8:0, chorak final bosqichida ukrainalik Bogdan Xrishinni 11:2 hisobida dog‘da qoldirdi.  

U yarim final bosqichida Ozarbayjon terma jamoasi aʼzosi Nihad Guluzadeni 9:0 hisobida taslim etib, finalga yo‘l oldi.  

Bugun, 22 oktyabr kuni G‘aniyev chempionatda betaraf sportchi sifatida ishtirok etayotgan rossiyalik Dinislam Bammatov bilan ro‘baro‘ keladi.  

Kun davomida shuningdek, yunon-rum kurashi vakillari -55, -63, -77, -87, -130 kilo og‘irlikdagi saralash bellashuvlarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.  

Musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Doniyorxon Nakibov -77 kilogrammda gilamga chiqadi.  

 Eslatib o‘tamiz, 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari 27 oktyabrga qadar davom etadi.   


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан