Eronda yengil atletika bo’yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo’ldi.
Kunning ikkinchi yarmida ko’pkurash dasturida 666 ochko jamg’argan Zahriddin Shokirov kumush medalni qo’lga kiritdi. Shuningdek, uch hatlab sakrash sektorida qatnashgan Ivan Denisov 16.18 metr bilan bronza medali sohibiga aylandi. Musobaqada hamyurtlarimiz quyidagi dasturlarda shohsupaga ko’tarilishdi:
Kumush medal:
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish);Zahriddin Shokirov (ko’pkurash).
Bronza medal:
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash);4x400 metrga estafeta, ayollar.