Ispaniyaning Roquetas de Mar shahrida FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Mazkur chempionat FIDE tomonidan yangi formatda tashkil etilayotgan ilk musobaqa bo‘lib, unda U7, U9, U11, U13, U15 va U17 yosh toifalarida Open va Girls yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda.
Musobaqa 11 turdan iborat Shveysarcha tizim asosida o‘tkaziladi. Vaqt nazorati — 45 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya bo‘lib, ushbu qisqartirilgan vaqt nazorati mazkur yosh toifalarida ilk bor qo‘llanmoqda.
Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini 13 nafar yosh shaxmatchi himoya qilmoqda:
Open:U9 — Fazliddin Farkhodov, Sayfuddin ErkinboevU11 — Akbar MustafakulovU13 — FM Ibrohim JumanazarovU15 — Biloliddin ObidovU17 — FM Shahzodbek Hamzaev
Qizlar:U7 — Malika IkromovaU9 — Aminabonu ZoxirovaU11 — WFM Husnorakhon KhusnitdinovaU13 — WCM Lazizabonu Komiljonova, WFM Sarvinoz BegmuratovaU15 — Shaxrizoda SattarovaU17 — WCM Mumtozbegim Mansurova
1-tur bugun, 14-oktyabr kuni soat 13:30 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi. Musobaqa 21-oktyabrga qadar davom etadi.







