• 29 мая 2024 в 17:50
  • 1
  • 0

Yaponiyada o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi

Yaponiyaning Kobe shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq para atlet ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Hindiston va Eron kabi yetakchi davlatlarni ortda qoldirgan holda 3-o‘rinni egalladi. 

Ta’kidlash kerakki, bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Taqqoslash uchun, terma jamoamiz bundan avvalgi 2 ta jahon chempionatida 10- va 9-o‘rinlarni egallagan edi.

Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova o‘z yo‘nalishlarida jahon rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan para atletlarimiz bilan yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:

Oltin

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – yadro uloqtirishQudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – disk uloqtirishXusniddin Norbekov – yadro uloqtirishNurxon Qurbonova – nayza uloqtirishAsila Mirzayorova – uzunlikka sakrashYoqutxon Xolbekova – uzunlikka sakrashSafiya Burxanova – yadro uloqtirish

Kumush

Boburjon Omonov – yadro uloqtirishDilafruz Ahmadxonova – yadro uloqtirishKubaro Hakimova – yadro uloqtirishMohigul Hamdamova – disk uloqtirish

Bronza

Ma’rufjon Murodulloyev – 400 metrga yugurishNurxon Qurbonova – yadro uloqtirish.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан