• 09 июня 2025 в 17:50
  • 16
  • 0

XV asrga oid “Langar ota” masjidi AQSH granti ko‘magida restavratsiya qilindi

2025-yilning 4-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan XV asrga oid “Langar ota” masjidining qayta tiklashdan keyingi ilk ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdukarimov, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Henik, viloyatning qator mutasaddi rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Mamlakatimizning madaniyati va e’tiqodi sarchasmalariga mansub yodgorliklaridan biri hisoblangan tarixiy “Langar ota” masjidi AQSH Elchilari Madaniy meros muhofazasi jamg‘armasi (AFCP) tomonidan ajratilgan 250 ming AQSH dollarga teng ta’mirlash loyihasi natijasida qayta tiklandi va foydalanishga topshirildi. Tadbirda so‘z olganlar mazkur yodgorlik yana bir necha asrlar davomida mahalliy aholi vakillari va sayyohlar uchun tabarruk maskan sifatida e’tirof etilishini ta’kidladilar.

“Madaniy meros obyektlarini qayta tiklash va asrab-avaylash borasida AQSH hukumati va Elchi janoblari bilan hamkorlikda qator xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Bundan tashqari bir necha yillardan beri usta restavratorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha hamkorlikda qator amaliy mahorat darslari ham tashkil etildi. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi madaniy merosni himoya qilish yo‘nalishidagi hamkorlik munosabatlarini kelgusida ham yanada mustahkamlagan holda rivojlantirib boramiz”, — deya ta’kidladi Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdukarimov o‘z nutqida.

2023-yilning kuz oylarida boshlangan restavratsiya loyihasi majmuaning takrorlanmas koshinlarini asliday yangilash va masjidning nurab qolgan tom qismini o‘zgartirish ishlarini o‘z ichiga oldi. Shuningdek, amerikalik diplomat o‘z bayonotida O‘zbekistonning ajoyib va betakror madaniy merosini asrab-avaylashga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnun ekanligini qayd etdi. Tadbir ishtirokchilari qayta tiklangan masjidni ko‘zdan kechirishdi va “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashrif buyurib, bir qancha madaniy meros obyektlarini tomosha qilishdi.

Ma’lumot uchun, AQSH Elchilari madaniy meros muhofazasi jamg‘armasi 2001-yilda AQSH Kongressi tomonidan ta’sis etilgan. AQSH Davlat departamenti tomonidan boshqariladigan AFCP jamg‘armasi butun dunyo bo‘ylab tarixiy obyektlar, qo‘lyozmalar va madaniy an’analarni saqlashni qo‘llab-quvvatlab keladi. O‘zbekistonda AQSH hukumati hozirgacha umumiy qiymati 2,5 million AQSH dollarga teng bo‘lgan 15 ta loyihani moliyalashtirgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан