Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) dekabr oyi uchun 10 nafar yetakchi shaxmatchilar ro‘yxatini eʼlon qildi.
Ro‘yxatni 2023 yilda bo‘lib o‘tgan musobaqalaridagi munosib ishtiroki sabab amerikalik Fabiano Karuana 118,61 ball bilan boshlab bergan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda Dommaraju Gukesh (87,36), Anish Giri (84,31) va Uesli So (83,40) qayd etilgan.
O‘zbekistonlik shaxmat ustalari Nodirbek Abdusattorov yil davomidagi xalqaro nufuzli musobaqalarda ko‘rsatgan natijalariga ko‘ra, 54,63 ball jamg‘argan va FIDEning ushbu reytingida 8-o‘rinni band qilgan. Javohir Sindorov 46,25 ball bilan kuchli o‘ntalikni yakunlashga muvaffaq bo‘lgan.