• 06 апреля 2025 в 17:50
  • 18
  • 0

World Boxing. Bokschilarimiz Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

31-martdan 5-aprelga qadar Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslariga mezbonlik qildi. Bugun musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar terma jamoasi bilan ishtirok etgan To‘lqin Qilichev boshchiligidagi o‘zbekistonlik bokschilarning 7 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, ulardan 5 tasi oltin medalni naqd qildi. 2 nafar bokschi hal qiluvchi bosqichda imkoniyatni boy berib, kumush medallarga ega chiqdi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston boks terma jamoasi erkaklar kesimida 10 ta vaznning 8 tasida sovrindor bo‘ldi. 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 bronza medallarga ega chiqib, umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni mezbon Braziliya 3 ta oltin, 2 kumush va 4 ta bronza bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qozog‘iston jamoasi 3 oltin (ikki erkak, bir ayol) va 3 ta bronza bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari:

Oltin medal:-50 kg. Asilbek Jalilov-75 kg. Fazliddin Erkinboyev-80 kg. Javohir Ummataliyev-90 kg. To‘rabek Xabibullayev+90 kg. Jahongir Zokirov

Kumush medal:-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov-85 kg. Akmaljon Isroilov

Bronza medal:-60 kg. Madiyar Daniyarov


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан