• 31 октября 2024 в 17:50
  • 13
  • 0

WBA chempion Eymantas Stanionis hamda daʼvogar Shahram G‘iyosov jangi uchun promouterlik savdosini eʼlon qildi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga promouterlik savdosini eʼlon qildi.

Sentyabr oyida WBA yarimo‘rta vazn toifasidagi chempion, litvalik Eymantas Stanionis hamda majburiy daʼvogar Shahram G‘iyosov jangiga buyruq bergan edi.

Lekin bokschilarning jamoalari bir oy ichida jang sanasi, manzili va shartlari bo‘yicha kelisha olishmadi. Endilikda promouterlar o‘rtasida kimoshdi savdosi tashkil etiladi. Ochiq savdo 8 noyabr kuniga belgilandi.

Maʼlumot uchun, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari Shahram, yana biri Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi. Bu bilan prof bokschimiz 16-jangida ham g‘alaba qozongandi.

Litvalik 30 yoshli Stanionis esa prof boksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. Stanionis shu yilning may oyida ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytib, reytingning to‘rtinchi pog‘onasida borayotgan venesuelalik 37 yoshli Gabriel Maestreni ochkolar (117-111, 118-110, 119-109) hisobida taslim etgan edi. Bu Gabriel uchun faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘lgandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан