BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.
Delegatsiya aʼzolari “Humo” Toshkent xalqaro aeroportida rasmiylar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari yuksak natija ko‘rsatib, 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.








