• 27 марта 2025 в 17:50
  • 20
  • 0

UFC jangchisi Qozog‘iston MMA ligasini boykot qilishga chaqirdi

O‘zbekistonlik taniqli UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev o'zbekistonliklarni Qozog‘iston OCTAGON ligasida ishtirok etishdan bosh tortishga ommaviy chaqirdi, deb yozadi Sportnews.kz.

Bu haqda u Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi jonli efirda aytib o‘tdi. Bunga o‘zbekistonlik jangchi Odilxon Kamolov va qozog‘istonlik jangchi Erkebulan To‘qtar o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Olmaotada bo‘lib o‘tgan OCTAGON jangchilari konferensiyasi oldidan To‘qtar Kamolovning yuziga kutilmagan shapaloq urgan va bu jangchilar jamoasida rezonansga sabab bo‘lgan edi. O‘z navbatida, tojikistonlik jangchi Qamariddin “Komil karate” Hasanov bu voqea To‘qtar va Kamolov o‘rtasidagi uchinchi jang oldidan PR uchun rejalashtirilganligini aytdi.

OCTAGON tashkiloti bunga keskin munosabat bildirdi: Erkebulan To‘qtar va Odilxon Kamolov 6 oyga jangdan chetlashtirildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан