• 27 ноября 2023 в 17:50
  • 2
  • 0

Tennischimiz Humoyun Sultonov Portugaliya turnirida g‘oliblikka erishdi

Portugaliyaning Vale-de-Lobo shahrida tennis bo‘yicha yakunlangan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi M25 turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Mahoratli tennischimiz mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollari bo‘lgan mazkur turnir finalida fransiyalik Jyul Mari bilan kuch sinashdi.Murosasiz kechgan bahs yakunida Namangan tennis maktabida kamolga yetgan Sultonov raqibini 6/4, 7/6(11) hisobida mag‘lub etdi.

Yevropa davlatlarining mahoratli tennischilari qatnashgan turnirda hamyurtimiz finalgacha bo‘lgan bellashuvlarning saralash bosqichida Chehiya vakilini mag‘lub etgan bo‘lsa, yarim finalda portugaliyalik Enrike Roshani yengdi.

Maʼlumot o‘rnida aytish lozim, M25 turniri final musobaqasi yakunlangunga qadar Sultonov dunyo reytingida 436, Jyul Mari esa 253-o‘rinni egallab kelayotgandi.

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yetakchisi Humoyun Sultonovning Yevropa kortlarida erishgan ushbu g‘alabasi keyingi zafarlar sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан