Britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri revansh jangidagi mag‘lubiyatiga izoh berdi.
Ar-Riyodda o‘tgan prof boks oqshomida WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usikka ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
"Ringda Usikning ruhiyatini sezdimmi? Men qandaydir Rojdestvo bayrami ruhiyati va shukuhini his qildim. O‘ylaymanki, Usik bu oqshom hakamlardan Rojdestvo sovg‘asini qabul qilib oldi", — deya Fyurining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Mayk Koppinger.