• 21 января 2025 в 17:50
  • 7
  • 0

Tata Steel Chess-2025. Abdusattorovda g‘alaba, Yakubboyev murosaga keldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "Chellenjer" guruhida esa Nodirbek Yakubboyev sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib boryapti. Har ikki hamyurtimiz birinchi turni hindistonlik raqiblariga qarshi o‘tkazishgandi. Abdusattorov azaliy raqiblaridan biri — Rameshbabu Pragnanandxa bilan durangga rozi bo‘lgan, Yakubboyev esa Divya Deshmux ustidan g‘alabaga erishgandi.

Ikkinchi turda birinchi turning aksi bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov bu safar yana bir hind grossmeysteri Leon Luke Mendonsani taslim eta oldi. "Chellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev esa qozog‘istonlik Kazibek Nogerbek bilan durangga rozi bo‘ldi.

"Masters" guruhida 2-turdan keyin ochko yo‘qotmagan ishtirokchi qolmadi. Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Gukesh Dommaradju qora donalarda Vladimir Fedoseyev bilan murosaga keldi. Uchinchi tur oldidan amerikalik Fabiano Karuana 1,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra peshqadamlik qilyapti. Kuchli uchlikka Gukesh va Nodirbek yakun yasashgan. Rameshbaba Pragnanadha va Vinsent Keymer hisobida ham 1,5 ochkodan bor.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан