• 03 декабря 2023 в 17:50
  • 2
  • 0

Shohruh Davlatov “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali Parij-2024 yoʻllanmasiga ega boʻldi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, yarim marafon boʻyicha milliy rekord sohibi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq boʻldi.

Hamyurtimiz Ispaniyada oʻtgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qoʻyilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija. Shuningdek, Shohruh ushbu koʻrsatkich bilan 38 yil avval oʻrnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq boʻldi. Valensiyadagi nufuzli musobaqada Davlatov umumiy hisobda 18-oʻrinni egallagan.

Shuni alohida taʼkidlash oʻrinliki, surxondaryolik atletimiz ushbu natijaga erishish uchun soʻnggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari yetishib chiqqan Keniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etdi. Bu Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qoʻlga kiritgan 15-yoʻllanmasi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан