• 22 марта 2024 в 17:50
  • 0
  • 0

Shohjahon Ergashev 28-mart kuni kamar uchun jang qilishi mumkin

Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashevning 28 mart kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Charm qo‘lqop ustamiz shu kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etiladigan DAZN hamda Salita Promotions hamkorligidagi prof boks oqshomida panamalik Xuan Xuyertasga qarshi ringga ko‘tariladi.

"Allohga shukur, mashg‘ulotlarni jarohatlarsiz, yaxshi kayfiyatda yakunladim. Endi bor e’tiborimni vazn  tashlashga qarataman. Jangga bir hafta qolgan bir paytda menda taxminan 8-9 kg ortiqcha vazn bor. O‘tgan jangimda 17 kg vazn tashlashimga to‘g‘ri kelgandi. Bu safar nisbatan osonroq bo‘ladi. Reja bo‘yicha uch kundan keyin jamoam bilan birga Detroytga uchib ketamiz. Sizlarga kichik yangiligim bor. Xushxabar desa ham bo‘ladi. Hozir promouter va menejerlarim bo‘lajak jangni kamar uchun o‘tkazish bo‘yicha ish olib borishyapti. Duo qilib turinglar, agar hammasi biz o‘ylaganchalik bo‘lsa, 28 mart kuni ikkinchi darajali kamar uchun ringga chiqaman. Shu o‘rinda Amerikadagi, xususan Michigan shtatida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchiman. 28 mart kungi jangda kelib qo‘llab-quvvatlasanglar, bundan juda ham xurmand bo‘lar edim", - dedi Ergashev.

Ma’lumot uchun, Xuan Xuyertas faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Gʻalabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан