• 27 августа 2024 в 17:50
  • 16
  • 0

Shaxmat: Abdusattorov 3,5 ochko bilan kuchli beshlikka ko‘tarilib oldi

Isteʼdodli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov AQSHning Sent-Luis shahrida davom etayotgan «Sinquefield Cup-2024» turnirining kecha o‘tkazilgan 7-turida muvaffaqiyatga erishdi.

Abdusattorov oq donalarda amerikalik Uesli Soga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan uchrashuvning 38-yurish holatida AQSH vakili mag‘lubiyatni tan oldi.  

Mazkur turda quyidagi hisoblar qayd etildi:   

Maksim Vashye Lagrav – Anish Giri 0,5:0,5;  

Rameshbabu Pragnanandxa – Yan Nepomnyashiy 0,5:0,5;  

Alireza Firuzja – Din Lijen 1:0;  

Fabiano Karuana – Dommaradju Gukesh- 0,5:0,5.  

Ortda qolgan 7-tur o‘yinlaridan so‘ng Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan ko‘rsatkichlar evaziga 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xuddi shuningdek, 3,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan Dommaradju Gukesh, Maksim Vashye Lagrav, Uesli So, Rameshbabu Pragnanandxa 4-7-o‘rinlar oralig‘idan joy olgan. Xalqaro turnir yetakchiligi esa hozircha 4 ochkoga ega Alireza Firuzja va Fabiano Karuanaga tegishli bo‘lib turibdi.   

Bugun o‘tkaziladigan 8-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda jahon chempioni xitoylik Din Lijen bilan ro‘baro‘ keladi.   

29 avgust kuni «Sinquefield Cup-2024» turnirining so‘nggi tur o‘yinlarida o‘rinlar taqsimoti va g‘oliblik kimga nasib etishiga oydinlik kiritiladi.  

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat turnirda 1-o‘rin uchun 100 ming, 2-o‘rin uchun 65 ming, 3-o‘rin uchun 48 ming, 4-o‘rin uchun 32 ming, 5-o‘rin uchun 26 ming, 6-o‘rin uchun 21 ming, 7-o‘rin uchun 18 ming 500, 8-o‘rin uchun 16 ming, 9-o‘rin uchun 13 ming va 10-o‘rin uchun 10 ming 500 AQSH dollari beriladi.   


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    «СВЕТОЧ ПРОСВЕЩЕНИЯ». В Таджикистане проходит республиканский фестиваль «Неделя детской и юношеской книги»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Уголок индийской культуры и литературы открыли в Таджикском государственном педагогическом университете
      04 апреля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Футбол объединит детей и молодежь в приграничных районах Таджикистана
      03 апреля 2026 в 23:00   Таджикистан
    В Бишкеке прошла конференция, посвященная 70-летию академика Абдылдажана Акматалиев
      вчера в 07:10   Кыргызстан
    Фестиваль «Неделя книг для детей и подростков» проходит в Бохтаре
      03 апреля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Украина угрожает расправой Венгрии, как это может отразиться на Казахстане
      вчера в 12:59   Казахстан
    «Второй Ботанический сад» появится в столице
      03 апреля 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Женщины-изобретатели Таджикистана приглашены на международную выставку KIWIE 2026 в Сеуле
      04 апреля 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Москве состоялось 109-е заседание Экономического совета СНГ
      03 апреля 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Согде состоялась торжественная церемония отправки новобранцев на военную службу
      03 апреля 2026 в 22:00   Таджикистан