• 26 мая 2025 в 17:50
  • 5
  • 0

Sharjah Masters 2025 yakunlandi. Abdusattorov shohsupada

Mukofot jamg‘armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo‘lgan “Masters” guruhida to‘rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig‘matov ham sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishdi. Kecha musobaqada so‘nggi 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada birinchi raqam ostida saralangan Nodirbek Abdusattorov birinchi doskada qora donalarda turnirning beshinchi raqamli ishtirokchisi, eronlik grossmeyster Amin Tabatabayi bilan durangga imzo chekdi. Nodirbekning ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan ikkinchi raqamli shaxmatchi, niderlandiyalik Anish Giri oq donalarda hindistonlik Aditya Mittalni mag‘lubiyatga uchratdi va 7 ochko bilan Sharjah Masters 2025 chempioniga aylandi. Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi turda qora donalarda o‘ynashiga qaramay, eronlik Daneshvar Bardiyani mag‘lub etgan serbiyalik Aleksandr Indjich 6,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. 

Sharjah Masters 2025 turnirining 9-turida Jahongir Vohidov oq donalarda polshalik Malek Jandan ustun keldi. Muhiddin Madaminov qora donalarda turkiyalik Ishik Alparslan bilan durang o‘ynadi. Ortiq Nig‘matov esa oq donalarda yana bir turk shaxmatchisi Sanal Vahab bilan murosaga keldi. 

Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan 3, Ortiq Nig‘matov 4,5 ochko bilan 34, Muhiddin Madaminov 4 ochko bilan 60, Jahongir Vohidov esa 3,5 ochko bilan 66-pog‘onadan joy oldi. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан