• 18 марта 2025 в 17:50
  • 12
  • 0

Saul Alvares - Uilyam Skall oqshomining to‘liq kardi tasdiqlandi

Tashkilotchilar ushbu turnirning to‘liq kardini tasdiqlashdi. Asosiy jang to‘rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares (62-2-2, 39 KO) ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Meksikalik afsona ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kubalik Uilyam Skall (23-0, 9 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Saul “Kanelo” Riyadh Season bilan to‘rtta jang uchun shartnoma imzolagan.

Oqshomning co main-event jangida meksikalik yana bir taniqli bokschi Xayme Mungia fransiyalik Bruno Surasga qarshi revansh jangini o‘tkazadi. Mungia o‘tgan yilning dekabr oyida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Tixuana shahrida o‘tgan ilk jangda Surasga kutilmaganda yutqazib qo‘ygandi. Fransuz bokschisi nomdor raqibini hamyurtlari ko‘z o‘ngida oltinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Yana bir qiziqarli jang superog‘ir vaznda Martin Bakole ва Efe Adjagba o‘rtasida kechadi. Fevral oyida Bakole jarohat sabab safdan chiqqan Deniel Dyubuaning o‘rniga Jozef Parkerga qarshi jang o‘tkazishga rozilik bergandi. Ikki kun qolganda jangni qabul qilib olgan Martin ikkinchi raunddayoq nokautga uchragan edi.

Birinchi og‘ir vaznda yangi WBC chempioni Badu Jek kanadalik majburiy daʼvogar Rayan Roziskidan o‘z kamarini himoya qiladi. Shuningdek, 3 may kungi turnirda meksikalik 23 yoshli Marko Verde professional boksdagi debyut jangini vatandoshi Michel Galvan Polina (4-5-3, 2 KO)ga qarshi o‘tkazadi. Marko o‘tgan yili Parij-2024 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Riyadh Season turnirining to‘liq kardi:

Saul Alvares (Meksika) — Uilyams Skall (Kuba)

Xayme Mungiya (Meksika) – Bruno Suras (Fransiya)

Martin Bakole (Kongo Demokratik Respublikasi) – Efe Adjagba (Nigeriya)

Badu Jek (Shvetsiya) – Rayan Roziski (Kanada)

Brayan Leon (Kuba) – Aaron Gerrero (Meksika)

Marko Verde (Meksika) – Mishel Polina (Meksika)


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан