• 20 апреля 2025 в 17:50
  • 14
  • 0

Ruslan Abdullayev professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazib, chempionlik kamariga ega chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi Ruslan Abdullayev 20-aprel tonggida professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazib, g‘alaba qozondi.

AQSHda “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida Abdullayev filippinlik Jino Rodrigoga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 8 raundlik jang asosan o‘zbekistonlik sportchining tashabbusi ostida o‘tdi.

To‘liq davom etgan bahsda hakamlar bir ovozdan 80-71 hisobida Ruslanning g‘alabasini e’lon qilishdi. Shu tariqa u WBA super yengil vazn toifasida “Continental Americas Gold” kamarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Abdullayev mart oyida professional boksda debyut jangini meksikalik Xose Valenzuyela Alvaradoga qarshi o‘tkazgan va nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Rodrigo esa shu kungacha prof boksda 19 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alabaga erishgan. 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan, 2 ta jangda esa durang qayd etgandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров посетил здание Национальной телерадиовещательной корпорации после капитальной реконструкции
      09 декабря 2025 в 11:10   Кыргызстан
    В ЦИК КР прошла встреча с главой Миссии наблюдения БДИПЧ ОБСЕ Тамашем Месеричем
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    В Москве вручили первую премию «Бриллиантовая бабочка»
      10 декабря 2025 в 13:55   Таджикистан
    Avtomobil yoʻllari sohasidagi ishlar holati va navbatdagi vazifalar koʻrib chiqildi
      09 декабря 2025 в 23:05   Узбекистан
    Korrupsiyaviy va iqtisodiy qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi
      10 декабря 2025 в 23:05   Узбекистан
    ОшГУ развивает сотрудничество с колледжами Узбекистана
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari Qoʻshma bayonot imzoladilar
      вчера в 23:05   Узбекистан
    День геолога. Горнодобывающий сектор является одним из ключевых направлений промышленности страны
      09 декабря 2025 в 21:50   Таджикистан
    Обсуждены вопросы обеспечения региональной безопасности между Таджикистаном и Великобританией
      09 декабря 2025 в 22:00   Таджикистан
    Начаты работы по очистке территории бывшего склада пестицидов в районе Кушониён
      09 декабря 2025 в 22:50   Таджикистан