Regbi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi shu yilning 8-10-mart kunlari Malayziyaning Sandakan shahrida bo'lib o'tgan "Borneo Sevens" xalqaro turnirida ishtirok etdi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, regbi-7 bo'yicha o'tgan turnirda, shuningdek, Belgiya, Avstraliya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Yangi Zelandiya, Singapur jamoalari ishtirok etdi.
Yakunda hal qiluvchi bahsda mezbonlarga imkoniyatni boy bergan O'zbekiston ayollar terma jamoasi kumush medal bilan taqdirlandi. Yigitlarimiz esa turnirni to'rtinchi o'rinda yakunlashdi.