• 25 сентября 2024 в 17:50
  • 11
  • 0

"Ular juda-juda uzoq vaqt top darajada qoladi". Vladimir Kramnik — Abdusattorov va boshqa shaxmatchilar haqida

Shaxmat bo‘yicha 14-jahon chempioni, Budapeshtdagi shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi bo‘lgan rossiyalik grossmeyster Vladimir Kramnik ChessBase India nashriga bergan intervyusida turnirdagi yakuniy natijadan mamnun ekanini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston shaxmatchilari Olimpiadada reyting bo‘yicha AQSH (o‘rtacha reyting — 2757), Hindiston (2753) va Xitoydan (2724) keyin to‘rtinchi (2690) bo‘lgan, biroq «yaxshi kurashgan, deyarli ikkinchi o‘rinni egallagan».

"Baʼzi o‘yinlar boshqacha yakunlanishi mumkin edi,shunda ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lardik. Lekin, to‘g‘risini aytsam, uchinchi o‘rin ham — yosh jamoa uchun muvaffaqiyat. Hozircha Hindiston bilan o‘zimizni taqqoslay olmaymiz, lekin yigitlar yaxshi kurashdi. Yosh shaxmatchilarga xos bo‘lgan keraksiz xatolar bo‘ldi, ammo bu baribir yaxshi tajriba bo‘ldi", — dedi u.

Vladimir Kramnik bir yil avval O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikni boshlaganini va shaxmatchilar bilan bir necha onlayn va oflayn sessiyalar o‘tkazganini aytdi.

«Biz qiyin o‘yinlarni o‘tkazdik, kuchli jamoalarga qarshi o‘ynadik. Baʼzida uchta shaxmatchi bilan mashg‘ulot o‘tkazishga to‘g‘ri keldi — ertalab, kechqurun va tunda. Oxirgi uch kechada men 3−4 soat uxladim. O‘ylaymanki, bugun tunda yaxshi uxlay olaman», — dedi u.

Sobiq jahon chempioni jahon reytingining kuchli 10 taligidan joy olgan Nodirbek Abdusattorov va boshqa yosh shaxmatchilarning saviyasiga ham baho berdi.

"Nodirbekning (yosh avlodning boshqa vakillari Dommaraju Gukesh, Arjun Erigaysi, Rameshbabu Pragnanandha bilan — tahr.) umumiy jihati shundaki, ular top shaxmatchilar va juda-juda uzoq vaqt davomida eng yuqori darajada qoladi. Ular rostdan ham shu yerda bo‘lishi kerak. Nodirbek bilan muhokama, tahlil qilganimizda, u bilan bir tilda gaplashamiz! Albatta, men ortiq top shaxmatchi emasman, lekin tushuncham hali ham yaxshi bo‘lishi mumkin!", — dedi u.

Rossiyalik grossmeysterning fikricha, yaqin yillarda dunyoning eng yaxshi 10 nafar shaxmatchisi ro‘yxati nafaqat reytingda, balki kuch jihatidan ham o‘zgaradi va ular keyingi 10−20 yil davomida ham shu darajada qoladi.

"Men Nodirbekka qoyil qoldim, albatta, sizning hindistonlik yigitlaringiz kabi emas. U juda, juda yaxshi. Nodirbek allaqachon top o‘yinchi", — taʼkidladi u.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан