Hamyurtimiz mazkur jangda mezbon bokschi Xorxe Garsiya Peresga qarshi jang qildi. O‘n raundlik jang to‘liq davom etdi va unda afsuski, bokschimiz 92-99, 90-99, 90-99 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Bu Qudratilloning prof boksda o‘tkazgan 24-jangi bo‘ldi. Charm qo‘lqop ustamiz janglarning 20 tasida g‘alaba qozongan. Bugungi mag‘lubiyat uning faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ldi.
Xorxe Garsiya Peres esa 36 ta jangda 32 g‘alaba va Qudratillo singari 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan.