• 24 сентября 2024 в 17:50
  • 14
  • 0

“Qizlarga ham avtomashina berilmaganidan xafaman” — shaxmat Olimpiadasida kumush medal sovrindori Nodira Nodirjonova

Budapeshtda bo‘lgan 2024-yilgi shaxmat Olimpiadasida qatnashgan shaxmatchilarimiz 24-sentabr kuni Toshkentda tantanali kutib olingani va 3-o‘rinni egallagan O‘zbekiston erkaklar jamoasining har bir a’zosiga BYD Chazor avtomobili sovg‘a qilingani xabar qilingandi.

Ayollar terma jamoasi a’zosi, o‘z taxtasidagi natijasi bo‘yicha kumush medal egasiga aylangan 34 yoshli Nodira Nodirjonova tantanali marosimdan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida musobaqa uning uchun oson kechmaganini ta’kidladi.

“Bu Olimpiada men uchun qiyin kechdi. Chunki oilam bor, farzandli ayolman. Bu mening oltinchi Olimpiadam va bunisida kumush medalni qo‘lga kiritdim. Yevropa, Amerikadan kelgan shaxmatchilarning murabbiylari O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini to‘liq kuzatib, bizga qarshi kuchli tayyorgarlik ko‘rib dona surdi. Men asosan, tezkor shaxmat yo‘nalishida kuchliroqman. O‘yinda tezda g‘alaba qozonganim ularda biroz shubha uyg‘otdi. O‘z kuchimni yaqqol ko‘rsatib, raqibalarimga hech bir imkon qoldirmay, ko‘p partiyalarni tezkor yutishga muvaffaq bo‘ldim va natijada kumush medalni qo‘lga kiritdim”, — dedi u.

Shaxmatchining aytishicha, u Olimpiadada yaxshi ishtirok etish uchun uch oy qattiq tayyorgarlik ko‘rgan.

“Meni to‘g‘ri tushunib, qo‘llab-quvvatlagan, farzandlarimga qarab turgan qaynonam va qaynotamga minnatdorchiligimni bildiraman. Olimpiadadan avval tarkibga tushish yoki tushmasligim ham aniq emasdi. O‘shanda turmush o‘rtog‘im: „Nodira, seni qo‘llayman, oxirigacha olib borish kerak. Sen Olimpiadada albatta sovrindor bo‘lasan“, deb ishonch bildirgan edi. Ularning ishonchini oqladim va ularga rahmat deyman”, — dedi Nodira Nodirjonova.

OAV vakillari shaxmat Olimpiadasida qatnashgan erkaklar jamoasining har bir vakiliga avtomashina berilgani, bu esa ayollar jamoasiga, xususan, Nodira Nodirjonovaga qanday ta’sir qilgani haqida ham savol berdi. Shaxmatchi ayol bunday munosabatdan ranjiganini yashirmadi.

“Shaxmatchi qizlarga avtomashina berilmaganidan, albatta, xafaman. Parijda bo‘lgan yozgi Olimpiada ishtirokchilarini yaxshi taqdirlashdi, paralimpiyachilarni ham yaxshi taqdirlashdi. Kumush medalni olishim oson bo‘lmadi, bor kuchim va energiyamni berib, harakat qildim”, — dedi u.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров провел встречу с руководителями строительных компаний
      24 января 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев передал Министерству энергетики около 40 единиц специального автотранспорта
      23 января 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев совместно с членами Кабинета Министров и сотрудниками АП КР совершил горный поход в парке «Ала-Арча»
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Сада знаменует окончание суровой зимы и предвещает скорое наступление весны
      24 января 2026 в 22:50   Таджикистан
    Turizm va xizmatlar uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilmoqda
      23 января 2026 в 23:05   Узбекистан
    Специальная глава, посвящённая празднику Сада в «Шахнаме», подчеркивает его важность в таджикской и персидской культуре
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Жээнбек Кулубаев провел традиционный новогодний прием для дипломатического корпуса
      23 января 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Бишкек продолжает подготовку к реализации культурного проекта «Биримдик Кербени»
      23 января 2026 в 12:10   Кыргызстан
    Душанбе станет местом проведения фестиваля Сада и выставки сельскохозяйственных семян
      вчера в 13:55   Таджикистан
    В Душанбе пройдет I Международная конференция «Финансы и цифровая трансформация»
      23 января 2026 в 21:50   Таджикистан