Toshkentda qilichbozlikning shpaga yo’nalishi bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Jahon kubogining birinchi bosqichi yakunlandi.
Jamoaviy dasturda bahs olib borgan qizlarimiz bugun bronza medallariga sazovor bo’lishdi.
Hamyurtlarimiz yarim finalda turkiyalik tengqurlariga 36:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o’rin uchun kechgan bahsda esa qozog’istonlik raqibalarini 45:20 hisobida dog’da qoldirdilar.
1-o'rin — Bolgariya2-o'rin — Turkiya3-o'rin — O’zbekiston