Ayni kunlarda Bahraynning Manama shahrida qilichbozlik bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionati bo’lib o’tmoqda.
Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan O’zbekiston terma jamoasi dastlabki oltin medalini qo’lga kiritdi.
O’smir yigitlar o’rtasidagi sablya dasturida qatnashgan Alpamis Urakbayev qit’a chempionligiga sazovor bo’ldi. Hamyurtimiz finalda janubiy koreyalik raqibidan ustun keldi. Shuningdek, mazkur yo’nalishda qatnashib, yarim finalgacha yetib borgan boshqa bir qilichbozimiz Sardor Abdukarimbekov bronza medali bilan taqdirlandi.