• 07 февраля 2024 в 17:50
  • 1
  • 0

Poytaxtda oʻtayotgan qitʼa birinchiligida yana bir jahon rekordi yangilandi

Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati qizgʻin davom etmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar aʼzosi medallar uchun supachaga chiqdi.

Dastlab qizlarimiz Ozoda Hojiyeva hamda Shahnoza Jabborova -64 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishdi. Yakunda umumiy hisobda 192 kg qayd etgan Hojiyeva oltinchi, bu yil 15 yoshni qarshi oladigan Jabborova esa 184 kg bilan yettinchi pogʻonadan joy oldi.

1. Suk Ri (KXDR) – 253 (112+141) kg2. Sui-Chia Li (Xitoy Taipeyi) – 203 (85+118) kg3. Minkyung Park (Janubiy Koreya) – 202 (86+116) kg ...6. Ozoda Hojiyeva (Oʻzbekiston) – 192 (85+107) kg7. Shahnoza Jabborova (Oʻzbekiston) – 184 (84+100) kg. 

Kunning ikkinchi yarmida yigitlarimizdan 2021-yilgi jahon chempioni Doston Yoqubov hamda Muhammadqodir Toshtemirov -73 kg vaznning “A” guruhida ishtirok etishdi. Ikki kurash hisobida 330 kg koʻtargan Yoqubov toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 316 kg toshni boʻysundirgan Toshtemirov esa chempionatni sakkizinchi boʻlib yakunladi. Qayd etish joiz, mazkur dasturda oltin medal siltab koʻtarish yoʻnalishida 204 kg bilan jahon rekordini yangilagan indoneziyalik Rahmat Ervinga nasib etdi.

1. Ervin Rahmat (Indoneziya) – 363 (159+204) kg2. Junianyah Rizqi (Indoneziya) – 353 (158+195) kg3. Miyamoto Masanori (Yaponiya) – 335 (150+185) kg4. Doston Yoqubov (Oʻzbekiston) – 330 (146+184) kg ...8. Muhammadqodir Toshtemirov (Oʻzbekiston) – 316 (146+170) kg. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан