• 02 июня 2024 в 17:50
  • 20
  • 0

Parij—2024. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan qatnashadi

Parij-2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqalar yakunlandi.

O‘zbekiston boks erkaklar va ayollar milliy terma jamoasi 11 ta vaznda yo‘llanmani naqd qildi.

Bunda erkaklar terma jamoasi jahonda birinchilardan bo‘lib to‘liq tarkibda litsenziyani naqd qilgandi. 

Navbahor Hamidova (-66 kg) Tailandda yakuniga yetayotgan Parij-2024 jahon litsenzion turnirida muvaffaqiyatli qatnashib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi. Hamidova hal qiluvchi bahsda serbiyalik Kristina Kuluxovadan ustun keldi. 

Shu tariqa, boks b‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 11 nafar sportchi bilan qatnashadigan bo‘ldi. Yigitlar to‘liq tarkibda (7 nafar), qizlar esa tarixda ilk bor 4 sportchi bilan yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu ayollar jamoamiz uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Parij-2024 Olimpiyada o‘yinlarida qatnashadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov-57 kg: Abdumalik Halokov -63,5 kg: Ruslan Abdullayev-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev-80 kg: To‘rabek Habibullayev-92 kg: Lazizbek Mullajonov+92 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar: 

-50 kg: Sabina Boboqulova-54 kg: Nigina O‘ktamova-57 kg: Sitora Turdibekova-66 kg: Navbahor Hamidova

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlari shu yilning 26-iyulidan 11-avgustigacha bo‘lib o‘tadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан