Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda. -71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev turnirdagi ikkinchi jangini daniyalik Nikolay Terteryanga qarshi o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik bokschi birinchi raundda kichik ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda ham Asadxo‘ja ustunlikka erishdi, bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Ikkinchi raundda hakamlarning barchasi Asadxo‘jaga 10 ochko taqdim etdi.
So‘nggi raundda sportchi xotirjamlik bilan jang o‘tkazdi va hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi yarim finalga yo‘l oldi.