• 09 сентября 2024 в 17:50
  • 19
  • 0

Paralimpiya yakunlari: O‘zbekiston sportchilari tarixiy natija qayd etdi

Parij Paralimpiadasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. Birinchidan, O‘zbekiston delegatsiyasi katta tarkib bilan musobaqalarga kirishdi. Ikkinchidan, musobaqalarda sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Paralimpiya bahslarida 26 ta medalga ega chiqdi. 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan paralimpiyachilar umumjamoa hisobida 13-o‘rinni qayd etdi. Ushbu natija ham ular uchun tarixdagi eng yaxshisi hisoblanadi. 

Shuningdek, Osiyoda uchinchi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Bungacha ularning eng yaxshi natijasi Tokioda qayd etilgan edi. 2021-yili bo‘lib o‘tgan musobaqada 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sportchilari yakunda 15-o‘ringa joylashgan edi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medalni yengil atletikachilar olib keldi. 16 medalni qo‘lga kiritgan para yengil atletikachilar yakunda umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.

Musobaqada Xitoy mutlaq ustunlik bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ular umumiy 220 ta ( 94 ta oltin, 76 ta kumush va 50 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya sportchilari umumiy 124 medal bilan ikkinchi, 105 medalni qo‘lga kiritgan AQSH uchinchi o‘rinni egalladi.

Oltin medal:

Asila Mirzayorova – para yengil atletika T11 uzunlikka sakrashElbek Sultonov – para yengil atletika F12 yadro uloqtirishXusniddin Norbekov – para yengil atletika F35 yadro uloqtirishQudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirishBobirjon Omonov – para yengil atletika F41 yadro uloqtirishTolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 disk uloqtirishYorqinbek Odilov – para yengil atletika F57 nayza uloqtirishNurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 nayza uloqtirishSherzod Namozov – para dzyudo J2 -60kgAsad Toshtemirov – para taekvondo K44 -80 kg

Kumush medal:

Doniyor Saliyev – para yengil atletika T12 uzunlikka sakrashSafiya Burxanova – para yengil atletika F12 yadro uloqtirishKubaro Hakimova – para yengil atletika F41 yadro uloqtirishShahina Yigitaliyeva – para yengil atletika F46 nayza uloqtirishKumushxon Xodjayeva – para dzyudo J2 -57 kgRo‘za Kuziyeva – para pauerlifting -73 kgZiyoda Isoqova – para taekvondo K44 -47 kgGuljanoy Naimova – para taekvondo K44 +65 kgServer Ibragimov – para o‘q otish P4 50 metrga to‘pponchadan otish

Bronza medal:

Temur Giyazov – para yengil atletika T64 balandlikka sakrashTolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirishNurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 yadro uloqtirishMohigul Hamdamova – para yengil atletika F57 disk uloqtirishUchqun Quronboyev – para dzyudo J2 -73 kgDovurxon Karomatov – para dzyudo J2 -90 kgMuslima Odilova – para suzish S13 100 metr batterflay


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      вчера в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      вчера в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Huawei MWC Barcelona 2026 da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    O‘zbekistonda 2025 yilda 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi — Antikorrupsiya agentligi
      вчера в 22:30   Узбекистан