Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Tailandda o‘tgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasidagi F42 klassida yadro uloqtirish bahslarida hamyurtimiz Muhammad Rixsimov hamda T44-64 klassida balandlikka sakrash dasturida Temur Giyazov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, bundan avvalgi kun T13 klassida uzunlikka sakrash bo‘yicha boshqa bir hamyurtimiz Doniyor Axmedov ham oltin medal bilan taqdirlangandi.
Shu tariqa, terma jamoamiz Tailanddagi xalqaro turnirni 3 ta oltin medal bilan yakunladi.