Taekwondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Ozoda Sobirjonova, Feruza Sodiqova, Jasur Jaysunov va Shuhrat Salayev Xitoyning Usi shahrida o‘tkazilgan aralash jamoaviy yo‘nalishdagi Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston Taekwondo WT assosiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hal qiluvchi bahsda xitoylik sportchilarga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz ruhda kechgan janglar mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekistonlik sportchilar chorak finalda Marokash, yarim finalda esa Koreyaning Daejeon Metropolitan City klubini mag‘lub etishgandi.