O‘zbekistonlik afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov bokschining 75 yoshni qarshi olganligi munosabati bilan uy sovg‘a qildi. Bu haqda Kremlyov o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Boks bo‘yicha tarixdagi birinchi jahon chempioni Rufat Asadovich Risqiyevga uy sovg‘a qildik”, deb yozdi Kremlyov.
Shuningdek, Kremlyov Risqiyevga umrbod har oy 1000 AQSH dollari miqdorida moddiy yordam tayinlagan. IBA rahbari o‘tgan yili iyul oyida bokschiga Malibu-2 avtomobilini sovg‘a qilgan.
Ma’lumot uchun, Rufat Risqiyev tarixdagi birinchi Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi. U XXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.