Turkiyaning Antalya shahrida shaxmat bo‘yicha 9–17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Musobaqada 12 ta - beshta oltin, ikkita kumush va beshta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rin Turkiya terma jamoasiga nasib etdi - 8 ta medal.
FIDE jamoasi 6 ta medal bilan uchinchi o‘rinni oldi.











