Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytning o‘zida 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.
Bundan avvalgi Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Medallar soni bo‘yicha O‘zbekiston uchun eng yaxshi natija hozircha Rio Paralimpiadasi hisoblanadi. Unda delegatsiya vakillari 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Parijdagi Olimpiadada O‘zbekiston tarixda ilk bor 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi va bu natija musobaqa so‘ngigacha yangilanishi mumkin.