• 04 ноября 2023 в 17:50
  • 1
  • 0

O‘zbekiston karate (WKF) assosiatsiyasi tashkil qilinadi

Avvalroq, O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi tashkil etilishi bo'yicha Prezidentning tegishli qarori loyihasi e'lon qilingani haqida xabar bergan edik.

2023-yilning 3-noyabr kuni Prezidentning “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–356-son) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023–2026-yillarda karate (WKF) sport turini  rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan:

— aholining barcha qatlamlari karate bilan shug‘ullanishi uchun hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi;

— bog‘chalarda “Kids karate” (kids karate) loyihasi ishga tushiriladi.

Qaror bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assosiatsiyasi etib qayta tashkil qilinib, joylarda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida parakarateni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tuzilmasida parakarate bo‘limi tashkil etiladi.

2023–2026-yillarda O‘zbekistonda karate (WKF) bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 55 ming nafarga yetkazish (jumladan, joriy yilda 40 ming nafar) nazarda tutilgan.

2024-yildan boshlab har yili:

— respublikaning barcha hududlarida 7 oktyabr kuni – Butunjahon karate kuniga bag‘ishlangan Karate festivali;— karate va parakarate bo‘yicha nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;—️ belgilangan yosh toifalari bo‘yicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar;— karate bo‘yicha davlat sport-ta’lim muassasalari o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati” musobaqasi o‘tkaziladi.

Qarorga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida O‘zbekiston karateni rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

Mazkur markaz barcha yosh toifalari bo‘yicha terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun asosiy sport bazasi hisoblanadi.

2024-yil 1-martgacha joylarda karate bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha sportchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq raqamlashtiriladi.

2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida karate bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga va magistratura mutaxassisligiga amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari joriy o‘quv yiliga nisbatan 2 baravarga oshiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Бакыт Торобаев провел встречу с зарубежными инвесторами
      26 мая 2026 в 12:55   Кыргызстан
    В Москве прошло мероприятие, посвящённое Мирзо Турсунзаде
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Форум аналитических центров государств ШОС прошёл в Бишкеке
      26 мая 2026 в 22:50   Таджикистан
    В Нарынской области состоялся форум, посвященный возрождению села Мин-Куш
      25 мая 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
      25 мая 2026 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев дал старт пилотному проекту спутникового интернета
      25 мая 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты Кыргызстана представили свои взгляды на права и ответственность гражданина в конкурсе ко Дню Конституции
      26 мая 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев встретился с Министром иностранных дел Китая
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    ДУШАНБИНСКИЙ ВОДНЫЙ ПРОЦЕСС. Благодаря усилиям Таджикистана вопросы управления водными ресурсами выводятся на глобальный уровень
      25 мая 2026 в 21:50   Таджикистан
    Хоким Холикзода встретился с первым вице-президентом Европейского банка реконструкции и развития Марком Боуманом
      26 мая 2026 в 21:50   Таджикистан