Ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Bekzod Qurbonov navbatdagi g'alabasini tantana qildi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, hamyurtimiz BAAning Sharja shahrida o'tgan CSI2* tasnifidagi turnirda oltin medalni qo'lga kiritdi.
Yurtdoshimiz turnirda «Santos Hippica» laqabli tulpori bilan 135 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etdi.
Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Germaniya hamda Falastin vakillariga nasib etdi.