• 06 января 2025 в 17:50
  • 8
  • 0

“Oktagon MMA” ligasi chempioni Mahmud Murodov bilan jang qilmoqchi

Chexiyaning “Oktagon MMA” promousheni yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Uill Flyuri o‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodovni jangga chorladi. Bu haqda u oxirgi jangidan keyingi intervyusida ma’lum qildi.

2024 yil 29 dekabr kuni “Oktagon 65” turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning “co main event”ida yarim og‘ir vazn toifasi chempionligi uchun Uill Flyuri va Kris Vemola oktagonga chiqdi va to‘qnashuvda Flyuri ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, toifa chempioniga aylandi. 

Jangdan keyin Flyuri Vemola burchagida ishlagan Mahmud Murodovni oktagonga jangga chorladi.

“Vemolaning burchagida Mahmud Murodovni ko‘ryapman. U yuqorida ligada chempion bo‘lishni xohlar ekan, biz u bilan jang qilishimiz mumkin. Albatta, vazn me’yorini bajargan holda. 90 kilogrammga chiqa olasanmi? Agar buni uddalay olsang, men har doim tayyorman”, dedi Flyuri.

O‘z navbatida, o‘zbekistonlik jangchi o‘sha paytning o‘zidayoq irlandiyalik Flyuriga javob qaytardi. 

“90 kilogramm muammo emas. Men shu yerdaman, 185 poundda doim tayyorman. Hozir ham tayyorman, ko‘p gapirma. Qolganini oktagonda hal qilamiz. Kelishdik, omad”, deydi Murodov.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik jangchi 2019 yildan 2023 yilgacha UFC promoushenda faoliyat olib borgan. U professional karerasi davomida 36 ta jang o‘tkazib, 27 ta g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. 1 jangi natijasi bekor qilingan.  Murodov 2024 yil boshida mazkur “Oktagon MMA” promousheni bilan shartnoma imzoladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан