19-iyun kuni Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo'yicha U-17 va U-23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, U-23 toifasidagi "klassik" kurashchilarning chiqishi bilan start olgan musobaqaning ilk kunidayoq, O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
Jumladan, -72 kg vaznda Abdulla Aliyev, - 82 kg vaznda Samandar Bobonazarov oltin, -60 kg vaznda Mehroj Bahromov kumush, -67 kg vazn toifasida Og'abek Muqimov bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo'ydilar.