• 07 мая 2025 в 17:50
  • 11
  • 0

Nodirbek Abdusattorov sovrin jamg‘armasi 350 ming dollar bo‘lgan turnirda ishtirok etadi

7-16 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi va ushbu turnirda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Bu haqda “UzChess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Grand Chess Tour 2025” tasnifiga kiruvchi “Superbet Chess Classic Romania” turnirining mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarni tashkil qiladi. Dunyoning ko‘zga ko‘ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham bahs olib boradi. 

Qayd etish joiz, musobaqada amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaraju ham ishtirok etadi. Shuningdek, Fabiano Karuana, Rameshbabu Praggnanandxa, Alireza Firuzdja, Uesli, Levon Aronyan, Yan-Krishtoff Duda, Maksim Vashe-Lagrav va mezbonlar vakili Bogdan Daniel Dik bahslarga kirishadi.

Ma’lumot o‘rnida turnir g‘olibi 9 turda qayd etilgan natijalarga ko‘ra aniqlanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан