• 16 февраля 2026 в 17:50
  • 14
  • 0

Nodirbek Abdusattorov jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Germaniyada o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Freestyle jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqa dramatik bahslar va kutilmagan burilishlarga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini ikki nafar grossmeyster himoya qildi. Ayniqsa, Nodirbek Abdusattorov jahon chempionatini ishonchli tarzda o‘tkazdi. U umumiy bosqichda muhim ochkolarni to‘plab, musobaqaning yarimfinaliga chiqdi. O‘zbekistonlik yosh shaxmatchining yarimfinaldagi raqibi Karlsen bo‘ldi va hamyurtimiz 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda esa Nodirbek mezbonlar vakili Vinsent Keymer ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Abdusattorov 40 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘lish barobarida, 2027 yilgi Freestyle jahon chempionatiga yo‘llanmani ham hal qilib qo‘ydi.

Final uchrashuvida esa norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen AQSH vakili Fabiano Kruanani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, faoliyatida 21-bor jahon chempionligiga erishdi. 

Yana bir vakilimiz Javohir Sindarov esa musobaqani 8-o‘rinda yakunladi. U 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан