San-Fransisko (AQSh)ning «Golden Steyt» professional basketbol klubi Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning eng qimmat jamoasi ekani ma’lum bo‘ldi. «Uorriorz» 9,14 mlrd dollarga baholandi.
NBA eng qimmat klublari (top-10) reytingida Liganing olti karra chempionidan keyingi o‘rinlarni «Nyu-York Niks» (8,3 mlrd) va «Los-Anjeles Leykers» (8,1 mlrd) band etdi. «Toronto Reptors» (4,7 mlrd) eng boy 10 jamoa reytingi oxirgi qatorida joylashdi.
Moliyachilar klublarning umumiy qiymati o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz o‘sganini qayd etishdi.
Lebron Jeyms («Los-Anjeles Leykers») NBAning eng ko‘p maosh to‘lanuvchi bastketbolchisi hisoblanadi, u 2024-yil yozida Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan ilk milliarder sportchiga aylangandi.