• 12 июня 2025 в 17:50
  • 10
  • 0

Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi sanasi tasdiqlandi

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini joriy yilning 14 sentyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

O‘sha kuni Murodjon Ahmadaliyev Yaponiya poytaxti Tokio shahrida mutlaq chempion Naoya Inoue bilan jang qiladi. 

Ma’lumot uchun, joriy yil bahorning boshida Ahmadaliyev va Inoue jamoalari, shuningdek, WBA rahbariyati kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra, Naoya Inoue 4 may kuni o‘z kamarini ixtiyoriy ravishda himoya qiladi, undan so‘ng esa sentyabr oyida Ahmadaliyev bilan jang qiladi. Bu kelishuv kuchga kirishi uchun har ikki bokschining ham navbatdagi janglarida g‘alaba qozonishi shart edi.

Inoue 4 may kuni Ramon Kardenasni nokaut qilgan bo‘lsa, Ahmadaliyev 30 may kungi jangda o‘z vazifasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. U 5- va 6-raundlarda Kastiloni nokdaunga tushirdi, 8-raunddagi ketma-ket zarbalaridan so‘ng esa meksikalik bokschining murabbiyi oq sochiq uloqtirib, jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu orqali Ahmadaliyev profboksdagi g‘alabalari sonini 14 taga yetkazib oldi. 30 yoshli Ahmadaliyev profringda 14-1 rekordga ega, uning bo‘lajak raqibi 32 yoshli Naoya Inoue esa profboksda 30 ta g‘alaba qayd etgan va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан