• 15 января 2024 в 17:50
  • 1
  • 0

“Men gʻolib” ommaviy yugurish musobaqasida Mudofaa vazirligi jamoasi gʻoliblikni qo'lga kiritdi

14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32-yilligini nishonlash munosabati bilan, 2024 yilgi yugurish mavsumini ochib bergan, Men G’olib harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“Humo Arena” sport majmuasining maydonchasidan 3 km va 10 km masofaga 1000 nafardan ortiq yuguruvchilar start oldi. Vatanparvarlik yugurish musobaqasida nafaqat mamlakatimiz qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalarining xodimlari, harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari, balki professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etishdi.

Men G’olib ommaviy yugurish musobaqasi an’anaviy tarzda yiliga ikki marta – Vatan himoyachilari va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun, hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. 2021 yildan boshlab Men G’olib yugurish musobaqasi O‘zbekiston kuch ishlatish tuzilmalarining vakillari, harbiy xizmatchilar, harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida eng kutiladigan sport musobaqalaridan biri bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi  harbiy va kuch ishlatish tuzilmalarining rahbarlari o‘z xodimlarining jamoaviy ruhini qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelishdi. Men G’olib yugurish musobaqasining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi hamda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zafar Qurbonov, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Sanjar Zuparov, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi.

– Men G’olib ommaviy yugurish musobaqasi o‘z mamlakatining chinakam vatanparvarlari uchun muhim voqeadir, – dedi Viktor Mahmudov o‘zining tabrik nutqida, “Sport ommaviy yugurish musobaqasi har bir harbiy-kuch tuzilmalarining munosib vakillarini bir start maydonchasida to‘plash va  ularning mardligi, jasorati va O‘zbekiston ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.”

Ilk marotaba 10 km masofaga yugurishda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni 3 km masofada yugurishga arizalar sonidan oshib, bu O‘zbekistonda yugurishning tobora ommalashib borayotganidan va sog‘lom turmush tarziga ongli ravishda yondashishdan dalolat beradi. Avlodlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, yosh avlodni Vatan himoyachilari bayrami bilan tanishtirish maqsadida katta yoshdagi bolalar ota-onalari bilan birgalikda Men G’olib vatanparvarlik-yugurish musobaqasida 3 km masofaga yugurishdi.

Musobaqalar yakka tartibda va jamoaviy birinchiliklarda tashkil etildi.

Jamoaviy birinchilikda kuch ishlatishsh tuzilmalar idoralarining 7 ta jamoasi va o‘quv ta’lim muassasalarining 6 ta jamoasi Men G’olib  kubogi uchun kurashishdi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari ham bor edi. O‘quv ta’lim muassasalarining jamoalari Qurolli kuchlar akademiyasi, Umumiy xavfsizlik universiteti, Ichki ishlar akademiyasi, FVV akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Davlat Bojxona qo‘mitasi institutining kursantlari orasidan shakllantirildi.

Men G’olib jamoaviy musobaqalarida to‘rtinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yakkatartibdagi birinchilik g‘oliblari quyidagilar bo‘ldi:

3 km (erkaklar):1.Nodirbek Mutalipov - 8:432.Otabek Toshquvatov - 8:463.Xasan Mirsoatov - 8:473 km (ayollar):1.Maryam Tojiboyeva - 11:03

2.Viktoriya Morozova - 11:253.Oydina Ikromova - 11:3010 km (erkaklar):1.Bekzod Baymatov - 32:312. Shahram Abdurahmonov - 33:123.Muxriddin Mirzaliyev - 33:2710 km (ayollar):1.Abdullayeva - 47:032.Laziza Temirova - 47:033.Diana Vyazikova - 47:04. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    «СВЕТОЧ ПРОСВЕЩЕНИЯ». В Таджикистане проходит республиканский фестиваль «Неделя детской и юношеской книги»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Уголок индийской культуры и литературы открыли в Таджикском государственном педагогическом университете
      04 апреля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Футбол объединит детей и молодежь в приграничных районах Таджикистана
      03 апреля 2026 в 23:00   Таджикистан
    В Бишкеке прошла конференция, посвященная 70-летию академика Абдылдажана Акматалиев
      вчера в 07:10   Кыргызстан
    Фестиваль «Неделя книг для детей и подростков» проходит в Бохтаре
      03 апреля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Украина угрожает расправой Венгрии, как это может отразиться на Казахстане
      вчера в 12:59   Казахстан
    «Второй Ботанический сад» появится в столице
      03 апреля 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Женщины-изобретатели Таджикистана приглашены на международную выставку KIWIE 2026 в Сеуле
      04 апреля 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Москве состоялось 109-е заседание Экономического совета СНГ
      03 апреля 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Согде состоялась торжественная церемония отправки новобранцев на военную службу
      03 апреля 2026 в 22:00   Таджикистан