Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsenni asrning eng yaxshi grossmeysteri deb topdi. Budapeshtda federatsiyaning 100 yilligiga bag‘ishlangan FIDE 100 mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Magnus Karlsen 33 yoshda. U tezkor shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioni, blits bo‘yicha yetti karra jahon chempioni va FIDE jahon kubogi g‘olibi. 2011-yilning 1-iyulidan boshlab shaxmatchilarning jahon reytingida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.