Samarqand shahrida shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Turnirda 16 ochko jamg‘arib, norvegiyalik Magnus Karlsen chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu grossmeysterning blits bo‘yicha yettinchi unvoni bo‘ldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni rossiyalik Daniil Dubov (15,5 ochko) va Vladislav Artemiyev (15 ochko) egalladi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi: Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboyev 12,5 ochko, Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to‘plab, sovrindorlar safiga kira olishmadi.
Avvalroq, Magnus Karlsen rapid yo‘nalishi bo‘yicha ham chempion bo‘lgan edi.