• 17 января 2025 в 17:50
  • 13
  • 0

Kotrina Kulbite Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi

Xabaringiz bor, 2029-yilda ayollar futboli bo‘yicha qit’aning eng nufuzli turniri — ayollar Osiyo kubogiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqaga munosib hozirlik ko‘rish va 2026-yilgi Osiyo kubogida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining ishtirokini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Kotrina Kulbite bilan uchrashdi. Dastlab, litvalik mutaxassis mamlakatimiz futboli tarixi va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan eʼtibor haqida maʼlumot berildi.

O‘FA rahbariyati ayollar futboli kun sayin rivojlanayotgani va futbol bilan shug‘ullanayotgan qizlar soni ortib borayotganini e’tirof etib, mamlakatimiz mezbonlik qiladigan 2029-yilgi ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish, Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish asosiy maqsadlarimiz ekani, shuningdek, joriy yilning iyun oyida o‘tkaziladigan 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida yuqori natija ko‘rsatib, qit’a turniriga yo‘llanma olishimiz zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Kotrina Kulbite ulkan tarix va katta potensialga ega jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanayotganidan mamnun ekani va O‘zbekistonda ayollar futboli yanada rivojlanishida bor kuch-g‘ayratini ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Shundan so‘ng, UEFAning “Pro” litsenziyasiga ega bo‘lgan Kotrina Kulbite bilan shartnoma masalasida dastlabki muzokaralar olib borildi. Litvalik mutaxassisning vazifalari muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Maʼlumot oʻrnida, Kotrina Kulbite UEFAning murabbiylarni o‘qitish bo‘yicha instruktori hisoblanadi. Litva ayollar terma jamoasi va turli yosh toifalaridagi qizlar terma jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Бакыт Торобаев провел встречу с зарубежными инвесторами
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    В Москве прошло мероприятие, посвящённое Мирзо Турсунзаде
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Объявлен расширенный состав национальной сборной Таджикистана по футболу на июньские товарищеские матчи
      24 мая 2026 в 23:00   Таджикистан
    Форум аналитических центров государств ШОС прошёл в Бишкеке
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Нарынской области состоялся форум, посвященный возрождению села Мин-Куш
      25 мая 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
      25 мая 2026 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев дал старт пилотному проекту спутникового интернета
      25 мая 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты Кыргызстана представили свои взгляды на права и ответственность гражданина в конкурсе ко Дню Конституции
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев встретился с Министром иностранных дел Китая
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    ДУШАНБИНСКИЙ ВОДНЫЙ ПРОЦЕСС. Благодаря усилиям Таджикистана вопросы управления водными ресурсами выводятся на глобальный уровень
      25 мая 2026 в 21:50   Таджикистан