Eʼtiborlisi, superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz, havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov hamda so‘nggi jangida mag‘lubiyatga uchragan Shohjahon Ergashev Top-15 reytingini tark etdi. Jalolov ham, Ergashev ham o‘tgan oy 13-o‘rinda qayd etilgandi.
Reytingda 2 nafar bokschimiz qoldi:
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qayd etildi;
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 10-o‘rinni egalladi.