Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda viloyat Sport boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Xalqaro boks kechasi" yuqori saviyada o‘tkazildi.
Oqshomning markaziy jangi 72 kg vaznda sirdaryolik Ramil Shukumerov hamda tojikistonlik Rasulbek Ahadov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. To‘liq davom etgan jangda Shukumerov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Jang davomida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov Ramilni qo‘llab-quvvatlab, unga ring tashqarisidan ko‘rsatmalar berib turdi.