Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida Taxmina Ikromova bulavadagi mashqda kumush, Natalya Usova esa bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, guruh mashqida 3 ta tasma va 2 ta toʻpdagi chiqishda qizlarimiz Shahzoda Ibragimova, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Iroda Sodiqova kumush medalni jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻyishdi. Barcha yoʻnalishdagi gʻolib va sovrindorlar:
Oltin medal:
Taxmina Ikromova (xalqa);Taxmina Ikromova (toʻp).
Kumush medal:
Taxmina Ikromova (koʻpkurash);Taxmina Ikromova (bulava);Taxmina Ikromova (tasma);Guruh mashqi (3 tasma va 2 toʻp).
Bronza medal:
Natalya Usova (bulava).